Izlab gul orazingni, arz ayladim bahora, Koʻrsam deya yuzingni ra`no gulida zora. Vasling xumori boʻldim, vasling umidin bogʻlab, Hajringda yondi jismim, ham bagʻrim pora-pora.
Pora-pora! Boylandim senga pora! Pora-pora! Ham bagʻrim senga pora!
Mushtoq boʻlganimda oʻtli qarashlaringga Koʻrsatdi koʻz qaroshi oy shu`lada setora. Tunlarga qiyos etdim kokillaringni, dilbar, Tunlar yorishdi, ammo sochlar qorayu qora.
Pora-pora! Boylandim senga pora! Pora-pora! Qon bagʻrim pora-pora!
Diydor koʻrishganimda ishqim bayon etolmay, Termulganimcha qoldim sen yor isi xumora. Oromu ixtiyorim olding, sanam, shu onda, Ishqingda yondi Yax`yo, yoʻq endi boshqa chora.
Pora-pora! Boylandim senga pora! Pora-pora! Ham bagʻrim pora-pora!
Izlab gul orazingni, arz ayladim bahora, Koʻrsam deya yuzingni ra`no gulida zora. Vasling xumori boʻldim, vasling umidin bogʻlab, Hajringda yondi jismim, ham bagʻrim pora-pora.
Pora-pora! Ham bagʻrim pora-pora! Pora-pora! Boylandim senga pora! Pora-pora! Yoʻq endi oʻzga chora! Pora-pora! Boylandim senga bora! Teksty umieszczone na naszej stronie są własnością wytwórni, wykonawców, osób mających do nich prawa. |
|